» » AQSh davlat kotibi koronavirus pandemiyasida aybdorlar javobgarlikka tortilishini aytdi

AQSh davlat kotibi koronavirus pandemiyasida aybdorlar javobgarlikka tortilishini aytdi


AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Germaniyaning Bild nashriga bergan intervyusida kelajakda koronavirus pandemiyasining aybdorlari topilishi kerakligini aytdi va Xitoy ushbu kasallik haqida vaqtida xabar bermaganini ta’kidladi, deb yozmoqda “RIA Novosti”

“Xitoyning Uxan shahrida boshlangan bu virus, bu epidemiya haqida vaqtliroq xabar topmaganimizdan afsusdamiz. Xitoy hukumati, Xitoy Kommunistik partiyasi bu ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etmadi”, — degan u.

Uxanda boshlangan kasallik tufayli davlatlarga yetkazilgan zarar uchun Xitoy javobgar bo‘lishi kerakmi, degan savolga javoban Pompeo aybdorlar borasida hali “munozaralar” bo‘lishini bildirgan.

“Bizga global munozaralar kerak. Bu virus qachon va qayerdan paydo bo‘lganini tushunish juda muhim. Vaqti kelib jinoyatchilar javobgarlikka tortiladi. Shunday bo‘lishiga ishonchim komil. Ayni paytda dastlab Amerika, so‘ng jahon iqtisodiyotini yana ishga tushirish uchun amaldagi ishlarga e’tibor qaratish lozim. Hali ayblovlar vaqti keladi”, — deb ta’kidlagan AQSh davlat kotibi.

Eslatib o‘tamiz, COVID-19 koronavirus infeksiyasi dastlab Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgandi. Joriy yilning 11-mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni pandemiya deb e'lon qilgandi.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 1 million 920 ming kishidan, vafot etganlar soni 119 ming kishidan oshdi. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1054 kishini tashkil qilmoqda.

Mavzuga doir: JSST COVID-19 yuqtirib olganlarning qayta kasallanish ehtimoliga baho berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 53) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют