» » Tojikistonda karantinda bo‘lgan uch kishi vafot etdi. Mamlakatda rasman koronavirus aniqlanmagan

Tojikistonda karantinda bo‘lgan uch kishi vafot etdi. Mamlakatda rasman koronavirus aniqlanmagan


Tojikistonning Boxtar shahrida xorijdan kelgan tojikistonliklar karantinda saqlanayotgan mahalliy klinik shifoxonalardan birining xodimasi vafot etdi. Tojikiston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligining ma’lum qilishicha, ayol 12-aprel kuni vafot etgan.

Vazirlik 58 yoshli Oishaxon Alimovaning o‘limiga infiltrativ sil va yurak-qon tomir tizimi kasalliklari sabab bo‘lganini aytmoqda. Alimova kim bo‘lib ishlaganiga aniqlik kiritilmagan.

“Fergana.ru” nashrining yozishicha, Alimova viloyat kasalxonasida farrosh bo‘lib ishlagan va qo‘shimcha haq evaziga karantin zonasida ham ishlashga rozi bo‘lgan. Marhumaning qarindoshlari ta’kidlashicha, Oishaxonning yuragi og‘rib turgan va u qalqonsimon bezini davolatgan, biroq boshqa kasallikdan aziyat chekmagan.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni Tojikiston hududida koronavirus infeksiyasi tarqalgani to‘g‘risidagi mish-mishlarga ishonmaslikka chaqirmoqda.

Avvalroq Sug‘d viloyatida ham ikki bemor vafot etgani haqida xabarlar berilgan. Ulardan biri — 61 yoshli Habibullo Shodiyev 1-aprel kuni pnevmoniyadan, ikkinchisi — Hojimuhammad Toshev 11-aprel kuni yurak ishemik kasalligi va gipertoniyadan vafot etgan. Biroq shifokorlar bemorda pnevmoniya bo‘lganini ham aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, Toshev Shodiyevning ukasi bilan aloqada bo‘lgan. Ushbu holat tojikistonliklar orasida vahima keltirib chiqargan, ammo sog‘liqni saqlash vaziri hamon mamlakatda COVID-19 yo‘qligini ta’kidlamoqda.

Mavzuga doir: Tojikiston koronavirus xavfi sababli xorijliklarning mamlakatga kirish-chiqishini vaqtinchalik taqiqladi

Shunga qaramay, respublika hukumati kasalxonalardagi potentsial bemorlar uchun xonalarni tayyorlab, infeksiyaning oldini olish bo‘yicha axborot kampaniyasini boshlab yuborgan. Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 1-fevral kuni xorijdan Tojikistonga kirib kelgan 7560 nafar fuqaro karantinga joylashtirilgan. 13-aprel holatiga ko‘ra, 5724 kishiga javob berilgan, 1836 fuqaro nazorat ostida qolmoqda. Karantinda saqlanayotganlar orasida 326 nafar xorij fuqarolari ham bor.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 9-aprel kuni Tojikistonga un va antiseptiklardan iborat 18 vagon gumanitar yordam yuborgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют