» » “Liverpul” Mbappe uchun kurashga qo‘shiladi

“Liverpul” Mbappe uchun kurashga qo‘shiladi


“Liverpul” klubi PSJ hujumchisi Kilian Mbappe uchun kurashga qo‘shilishi mumkin, deya xabar qilmoqda The Sun.

Ta’kidlanishicha, “Liverpul” hujumchisi Sadio Mane yozda “Real”ga o‘tib ketadigan bo‘lsa mersisaydliklar Mbappe transferi borasida muzokaralarni boshlaydi. “Liverpul” Mbappeni qo‘lga kiritish uchun katta miqdordagi pul ketishini tushunib turibdi. Klub 21 yoshli futbolchini jamoaga olib kelishda Mane transferidan tushadigan mablag‘ va klub bilan yaqinda hamkorlikni boshlagan Nike kompaniyasidan umid qilmoqda.

Avvalroq senegallik futbolchi madridliklar qiziqishiga sabab bo‘layotgani xabar qilingandi.

Joriy mavsum Mane Angliya chempionatida 26 o‘yin o‘tkazib, 14 gol va yettita samarali uzatmaga mualliflik qildi. Shuningdek, u Chempionlar Ligasida ikki gol va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Mavzuga doir: Qatar amiri qaror qildi: Mbappe yozda PSJdan ketmaydi

Mbappe esa Fransiya chempionatidagi 20 o‘yinda 18 gol va 5 ta samarali uzatma muallifiga aylangan. Chempionlar Ligasida esa 5 ta gol urishga erishdi. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilga qadar mo‘ljallangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют