» » Britaniyada zang bosgan “Volga” 50 ming dollarga baholanmoqda

Britaniyada zang bosgan “Volga” 50 ming dollarga baholanmoqda


Buyuk Briyaniyada rul qismi o‘ng tomonda bo‘lgan “GAZ-21P” sotuvga qo‘yildi. 1963-yilda ishlab chiqarilgan noyob modifikatsiyali “Volga” uchun 40 ming funt sterling (50 ming dollar) so‘ralmoqda, deb xabar beradi Motor.

Suratlarga ko‘ra, “Volga” bir necha marotaba bo‘yalgan. Shunga qaramay, u juda ham achinarli ahvolda. Mashinaning kuzovlari va bamperlari korroziyaga uchragan, o‘rindiqlari yirtilgan, kapoti osti zanglab ketgan. Odometrga ko‘ra, noyob nusxa 127 676 kilometr masofa bosgan.

Avtomobilning barcha agregatlari o‘ziniki. “Volga” 80 ot kuchiga ega 2,4 litrli dvigatel bilan jihozlangan va uch pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan boshqariladi. Ruli o‘ng tomonda bo‘lgan modifikatsiyalar uzatmalar qutisi richagining joylashgan o‘rni bilan ajralib turadi. U rul kolonkasida emas, polda joylashgan.

Avtomobil narxining 40 ming funt sterling ekanligiga sabab — ruli o‘ng tomonda bo‘lgan “Volga”lar uzog‘i bilan yuz nusxada ishlab chiqarilgan. “GAZ-21P” versiyasi esa ikki nusxada qolgan. Ushbu mashinadan reklama tasvirga olishda foydalanilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют