» » Toshkentda tez yordam mashinasi YTHga uchradi

Toshkentda tez yordam mashinasi YTHga uchradi


Toshkent shahrida 14-aprel kuni Nurafshon va Chig‘atoy ko‘chalari kesishmasida tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarga ko‘ra, tez tibbiy yordamning Ford rusumdagi mashinasiga jiddiy zarar yetgan va u chorrahada chap tomonga ag‘darilgan.

Hozircha YTH oqibatida jarohatlanganlar yoki vafot etganlar haqida ma’lumot mavjud emas, hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda tez yordam xizmati to‘liq raqamlashtirilib, 150 ta Ford rusumidagi eng zamonaviy reanimobil joriy yilning yanvar oyida foydalanishga topshirilgandi. Viloyatlarda ham shunday tizimni joriy qilish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Jizzaxda ishonchnomasi va stikeri bo‘lmagan haydovchi piyodani urib yuborishi oqibatida, piyoda shifoxonada vafot etgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют