» » O‘zbekistonda koronavirusga birinchi bo‘lib chalinganlarning yana 10 nafari to‘liq sog‘aydi

O‘zbekistonda koronavirusga birinchi bo‘lib chalinganlarning yana 10 nafari to‘liq sog‘aydi


Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida ilk bor koronavirus infeksiyasiga chalingan 10 nafar bemor butkul sog‘aydi. Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, ular 14-aprel kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog‘aygan bemorlarning 3 nafari erkak, 7 nafari ayollardir. Ulardan 6 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari Toshkent viloyatidan va 1 nafari Samarqand viloyatidan. Bemorlardan ikki nafari joriy yil 28-mart kuni charter reys orqali Turkiyadan Toshkentga kelgan.

Qolgan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 62 da bo‘lsa, eng kichigi 5 yoshda. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularning xastalikdan butkul tuzalganini ko‘rsatgan.

Shunday qilib, 14-aprel soat 14:35 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 99 nafarni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют