» » Toshkentda tez yordam mashinasi ishtirokida yuz bergan YTHda 5 kishi jarohat oldi (video)

Toshkentda tez yordam mashinasi ishtirokida yuz bergan YTHda 5 kishi jarohat oldi (video)


Toshkent shahrida 14-aprel, seshanba kuni, Nurafshon va Chig‘atoy ko‘chalari kesishmasida tez tibbiy yordam mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida xabar berilgan edi. Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mazkur YTH bo‘yicha ma’lumot berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilning 14-aprel kuni soat 12:40 atrofida Toshkent shahar Olmazor tumani Nurafshon va Chig‘atoy ko‘chalari kesishmasida chaqiruv bo‘yicha mayoqchalari yoqilgan holatda harakatlanayotgan Ford rusumli tez yordam mashinasi YTHga uchragan.

Ma’lum qilinishicha, haydovchi G.I. boshqaruvidagi tez yordam mashinasi chaqiruv bo‘yicha mayoqchalari yoqilgan holatda svetoforning qizil chirog‘ida chorrahaga chiqib kelgan vaqtida yashil chiroqda kesishmadan harakatlanib o‘tayotgan haydovchi N.S. boshqaruvidagi Epica rusumli mashina bilan to‘qnashgan.

Natijada Epica haydovchisi va yo‘lovchisi, tez tibbiy yordam mashinasi haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan. Mazkur to‘qnashuv yuzasidan hozirgi vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют