» » Avstriya koronavirus sabab joriy etilgan cheklov choralarini bekor qilishni boshladi

Avstriya koronavirus sabab joriy etilgan cheklov choralarini bekor qilishni boshladi


Avstriyada 14-apreldan boshlab koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilgan cheklovlarni sekin-asta bekor qilish boshlanadi. Bir oylik karantindan so‘ng maydoni 400 metr kvadratgacha bo‘lgan, shuningdek, barcha qurilish va bog‘dorchilikka oid do‘konlar qayta ish boshlaydi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Avstriya koronavirus xavfiga qarshi tezkorlik bilan harakat qilib, uning keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymadi. Mamlakatda COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha ilk holat 25-fevral kuni qayd etilgan bo‘lsa, o‘sha vaqtdayoq kansler Sebastyan Kurs hukumat virus tarqalishining oldini olish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishini ma’lum qilgandi. Respublikada favqulodda shtab tuzilib, virus bilan bog‘liq kunlik vaziyat tahlil qilib borildi.

16-mart kuni Avstriyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 959 ta holat qayd etilgan edi. Shundan so‘ng bir haftaga qattiq choralar joriy etildi. Keyinroq kansler Kurs cheklovlar 13-aprelga qadar davom etishini, hukumat 14-apreldan uni sekin-asta kamaytirib borishini ma’lum qildi. Bu vaqtga kelib choralar doirasi kengaytirildi: supermarketlarda niqob taqish majuburiy qilib qo‘yildi, keyinroq ushbu chora jamoat transportlariga ham joriy etildi.

6-aprel kuni hukumat Avstriya jamiyatini bosqichma-bosqich ochish bo‘yicha rejani taqdim etdi. 14-apreldan kichik do‘konlar, 1-maydan esa qolgan barcha do‘konlar, savdo markazlari va sartaroshxonalar ishga tushiriladi. Shunga qaramay, ularning ish faoliyati davomida gigiyena qoidalariga qattiq rioya qilinadi: tashrif buyuruvchilar soni nazorat ostida bo‘ladi, oraliq masofa saqlanadi va har bir kishida niqob bo‘lishi kerak.

Mehmonxona va restoranlar may oyining o‘rtalaridan keyin ochilishi kutilmoqda, tadbirlar o‘tkazish esa iyun oxiriga qadar taqiqda bo‘ladi.

Mavzuga doir: Butun dunyoda pandemiya tugaganidan keyin sayohat turizmining qayta boshlanish vaqti taxmin qilindi

Avstriya kanslerining ta’kidlashicha, vaziyat yomonlashsa, hukumat bekor qilingan cheklovlarni qayta joriy etishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют