» » O‘zbekistonda karantin davrida Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari murojaatlarni ko‘rib chiqishni davom ettirmoqda

O‘zbekistonda karantin davrida Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari murojaatlarni ko‘rib chiqishni davom ettirmoqda


O‘zbekistonda joriy etilgan karantin davrida Prezident virtual qabulxonasi hamda Xalq qabulxonalariga telefon aloqasi, internet orqali murojaat qilish imkoni yaratilgan, kelib tushayotgan murojaatlar ijrosi qat’iy nazoratga olingan. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent shahar Xalq qabulxonasi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, virtual qabulxonaning qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish markazida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda haftaning barcha kunida tun-u-kun uzluksiz ish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fuqarolarning murojaatlari qabul qilinmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 16-martidan 5-aprel kuniga qadar virtual qabulxonaga kelib tushgan 69514 ta murojaat o‘z vaqtida ko‘rib chiqilgan. Ularning 44759 tasi ijobiy hal qilingan, 11427 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun mas’ullarga qaytarilgan, 13328 ta murojaatni o‘rganish bo‘yicha qo‘shimcha muddat belgilangan. Har kuni o‘rtacha 2238 ta murojaat hal qilinmoqda.

Prezidentning Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasida muarojaatchilar uchun karantin sharoitida muammo va takliflarini yetkazish uchun shart-sharoit yaratilgan. Xalq qabulxonalari bilan mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘rtasida o‘rnatilgan doimiy onlayn muloqot hududlardagi mavjud real holatni muntazam monitoring qilib borish, murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish va hal qilish uchun mas’ullarni belgilash hamda ijrosini nazorat qilish imkonini bermoqda.

Bundan tashqari, aholi uydan chiqmagan holda telefon orqali ham Xalq qabulxonalariga murojaat qilishi mumkin. Fuqarolarga yanada qulaylik yaratish uchun qabulxonaga kelgan murojaatchilar bilan videokonferensaloqa tizimi vositasida muloqot qilish, Xalq qabulxonalari oldida o‘rnatilgan maxsus qutilarga murojaatni qoldirish imkoniyatlari ham yaratildi. Qabulxonaga kelgan har bir murojaatchi tibbiyot xodimlari tomonidan zarur tekshiruvlardan o‘tkazib, zarur dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.

Fuqarolardan kelib tushayotgan talab va takliflar asosida sektorlar rahbarlari hamda boshqa idora va tashkilotlarni jalb etgan holda oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon vositalari savdosi mahallalar kesimida yo‘lga qo‘yildi. Yunusobod tumanida har kuni yuk mashinalariga aholi ehtiyoji uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari jamlanib, belgilangan grafik asosida tumandagi 63 ta mahallada ko‘chma bozorlar tashkil qilinmoqda.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami — boquvchisini yo‘qotganlar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bor shaxslar, doimiy ish bilan band bo‘lmagan insonlarga tibbiy-ijtimoiy, moddiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari, Xalq qabulxonalariga muhtoj insonlar va oilalarga yordam ko‘rsatish istagini bildirib, murojaat qilayotgan ko‘plab fuqaro va tadbirkorlarning homiylik yordamlari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy boshqarmalari qoshida tashkil etilgan homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga yo‘naltirilmoqda.

Elektr energiyasi, gaz, suyultirilgan gaz, suv, issiqlik ta’minoti, aloqa xizmatlari yuzasidan yo‘llanayotgan murojaatlar zudlik bilan ko‘rib chiqilmoqda va aniqlangan muammo hamda kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Qayd etilishicha, davlat rahbari topshirig‘iga binoan Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzurida tashkil etilgan yoshlar murojaatlarini qabul qilish markazi Prezident virtual qabulxonasiga integratsiya qilingan. 1250 qisqa raqami orqali bugungi kunga qadar kelib tushgan 600 ga yaqin murojaat yuzasidan mas’ul ijrochilar belgilanib, ularning ijrosi nazorat qilib borilmoqda. Murojaatlar tahlili yoshlarni asosan bandlik, o‘qishga kirish, o‘qishni ko‘chirish, qayta tiklash, yer maydoni ajratish, kredit olish kabi masalalar o‘ylantirayotganini ko‘rsatmoqda. Ayni paytgacha 1250 qisqa raqami orqali kelib tushgan murojaatlarning yarmidan ko‘pi bo‘yicha ko‘tarilgan muammolar amalda hal qilindi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 14-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 1054 nafarga yetdi. Kasallikdan 89 kishi tuzaldi, o‘rt kishi kasallik oqibatida vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют