» » O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoniga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoniga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi


O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoniga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda Milliy gvardiya tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, polkovnik Bekmurod Abdullayev Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Bekmurod Abdullayev Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Polkovnik Mamirjon G‘aniyev Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari — Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.

Polkovnik Sarvar Mamayusupov esa Milliy gvardiya qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Avvalroq general-mayor Rustam Jo‘rayev Milliy gvardiya qo‘mondoni lavozimiga tayinlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют