» » “Qizil o‘rmon qop-qora tuproqqa aylandi”. Chernobil yong‘inlar oqibatida qanday ko‘rinish kasb etdi? (foto)

“Qizil o‘rmon qop-qora tuproqqa aylandi”. Chernobil yong‘inlar oqibatida qanday ko‘rinish kasb etdi? (foto)


Chernobil atom elektr stansiyasi yaqinidagi hududda bir haftadan beri o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda. Hududdagi vaziyat tobora og‘irlashmoqda. Yong‘in allaqachon Pripyat shahriga yetib bordi hamda yaqin vaqt ichida radioaktiv chiqindilar omborini ham qamrab olishi mumkin, deb yozadi “KP.ua”.

4-aprel kuni boshlangan o‘rmon yong‘inlari dastlab 20 gektar maydonni, keyinroq esa qariyb 100 gektar maydonni qamrab oldi. Ukraina favqulodda holatlar bo‘yicha davlat xizmati qutqaruvchilari yong‘inning bir necha o‘choqlarini o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi. Yong‘inni o‘chirishga tobora oshib ketayotgan radiatsion fon xalal bermoqda. Yong‘in 12 ta qishloqni yo‘q qilgan. Olovni o‘chirishga 390 dan ortiq kishi va 90 ta texnika birligi jalb qilingan. Yong‘inlar hech kim yashamaydigan hududlarda kuzatilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют