» » O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaganlar soni 60 mingga yaqinlashdi

O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaganlar soni 60 mingga yaqinlashdi


O‘zbekistonda karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 59 921 ta holat aniqlandi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, eng ko‘p — 10 100 ta qoidabuzarlik Toshkent shahrida qayd etilgan. Toshkent viloyatida esa bunday holatlar soni 8 588 tani tashkil etmoqda. Respublika bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklar esa quyidagicha:

Xususan, 13-aprel, dushanba kuni, soat 14:20 larda Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, Muqimiy ko‘chasida yashovchi 32 yoshli Sh.K. IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan karantin qoidalarini buzib, mast holatda mayda bezorilik sodir qilgani aniqlangan.

Shu kuni Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahar, Bog‘chasaroy ko‘chasida yashovchi 25 yoshli F.D. IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan karantin qoidalarini buzib, mast holatda mayda bezorilik sodir etgan.

Ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-modda (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish), 183-modda (Mayda bezorilik), va 194-modda (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik)lari asosida ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Namangan viloyati Pop tumanida yashovchi 49 yoshli M.U. IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan karantin qoidalarini buzib, mast holatda mayda bezorilik sodir qilganligi uchun unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54, 183, va 194-moddalari asosida ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilib, 1 115 000 so‘m jarimaga tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash doirasida Toshkent shahri va bir qator shaharlarga transportning kirish-chiqishi cheklandi, viloyatlararo transport harakati to‘xtatildi. Bundan tashqari, shaxsiy avtomobilda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish taqiqlandi, fuqarolarga zaruratsiz uydan chiqmaslik tavsiya etildi.

Shuningdek, 6-apreldan boshlab Toshkent shahrining 11 ta tumanidagi 514 ta mahalla qoshida karantin tartibini nazorat qiluvchi “Jamoatchilik nazorati maskani” tashkil etildi.

Mavzuga doir: Jizzaxdagi karaoke-barda karantinga qaramay mijozlar qabul qilingani aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют