» » O‘zbekiston Markaziy bankining asosiy stavkasi 15 foizga tushirildi

O‘zbekiston Markaziy bankining asosiy stavkasi 15 foizga tushirildi


O‘zbekiston Markaziy bankining asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilandi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, Markaziy bank boshqaruvining 2020-yil 14-apreldagi navbatdan tashqari yig‘ilishi qaroriga asosan Markaziy bankning asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilandi.

Ushbu qaror bo‘yicha 15-aprel, chorshanba kuni, soat 11:00 da tashkil etiladigan Markaziy bank raisi ishtirokidagi onlayn brifingda batafsil ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank 5-mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilish qaroriga asosan asosiy stavkani 16 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirgan edi. O‘zbekistonda Markaziy bankning asosiy stavkasi va foiz koridori 2020-yilning 1-yanvardan joriy etilgan.

Avvalroq O‘zbekiston Markaziy banki dollar kursining keskin o‘sgani sababini ma’lum qilgan edi. O‘zbekiston banklari 14-aprel kuni dollarni 9750—9840 so‘mdan sotib olib, 9850 so‘mdan sotishni boshladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют