» » Ronaldo Bekhemni futbol tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachi deb atadi

Ronaldo Bekhemni futbol tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachi deb atadi


Madridning “Real” klubi sobiq futbolchilari Ronaldo va Devid Bekhem Instagram orqali jonli efirda suhbat qurdi.

Bekhem suhbatda madridliklar kiyinish xonasidagi ilk kunini esladi: “Esimda sen shunday deganding: “Biz har doim aytib kelamiz, Bekhem — Braziliya terma jamoasida o‘ynab keta oladigan yagona ingliz futbolchisi”. Men hech qachon bu gaplaringa ishonmaganman, biroq bu so‘zlar uchun rahmat! Nimaga buni gapiryapman? Chunki braziliyaliklar — eng yaxshi futbolchilar. Sen buni yaxshi bilasan”.

Ronaldo Devidga quyidagicha javob qaytardi: “O‘shanda bu gaplarni chin dildan aytgandim. Sen futbol tarixidagi eng yaxshi markaz o‘yinchilaridan birisan. Bu to‘p bilan ishlashingda ko‘rinardi. Istalgan joyga to‘pni yetkazib bera olarding, menga qarashing shart emas edi. Shunchaki oldinga yugurardim va to‘p men tomon yetib kelardi. Bu uzatmalar uchun senga rahmat aytishim kerak”.

Ronaldo “Real” safida 2002—2007-yillar mobaynida to‘p surgan. Bekhem esa 2003-yildan 2007-yilga qadar Madrid klubi libosini himoya qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют