» » JSST vakili koronavirus dunyo bo‘yicha o‘z cho‘qqisiga chiqmaganini ma’lum qildi

JSST vakili koronavirus dunyo bo‘yicha o‘z cho‘qqisiga chiqmaganini ma’lum qildi


Koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat ba’zi mamlakatlarda yaxshilana boshladi, biroq pandemiya dunyoda o‘z cho‘qqisiga chiqqani yo‘q. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy vakili Margarit Xarris Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb yozmoqda Reuters.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi qayd etilayotgan holatlarning 90 foizi Yevropa mamlakatlari va AQShga to‘g‘ri keladi. Bunda Yevropa mamlakatlarida holat bir xil emas. Ba’zi davlatlarda kasallanish holatlarining soni kamaymoqda, Buyuk Britaniya va Turkiyada esa aksincha, kasallanish holatlari oshib bormoqda.

Xitoydagi vaziyatga izoh bergan JSST vakili mazkur mamlakatdagi yangi holatlarning 90 foizi xorijdan kirib kelganligini ta’kidlagan. Infeksiya tarqalishining dastlabki o‘choqlarida vaziyat barqaror qolmoqda.

Shuningdek, JSST vakili koronavirusga qarshi vaksina yaqin 12 oy ichida yaratilishiga shubha bildirgan.

Avvalroq Shanxaydagi pnevmoniyani davolash bo‘yicha ekspertlar guruhi rahbari Chjan Venxun koronavirus ustidan 2020-yilning oxirigacha g‘alaba qozonib bo‘lmasligini taxmin qilgan edi. Uning fikricha, 2020-yilning noyabr oyida dunyoda koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzatiladi, biroq uning oqibatlari hozirgidek og‘ir bo‘lmaydi. Xitoylik mutaxassisning ta’kidlashicha, ikkinchi to‘lqindan sog‘liqni saqlash tizimi takomillashmagan Afrika va Janubiy Amerika davlatlari ko‘proq jabr ko‘radi.

Mavzuga doir: Epidemiolog Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini sodir bo‘lishi ehtimolini baholadi

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusga chalingan bemorlar soni 1,95 million kishiga yetdi, 119,8 ming kishi kasallik qurboniga aylangan, 458,5 ming kishi tuzalgan.

Avvalroq JSST rahbari koronavirus tufayli joriy etilgan cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha tavsiyalar bergandi. Avstriya, Italiya va Ispaniya karantin cheklovlarini yengillashtirishni boshladi.

Mavzuga doir: JSST koronavirusdan saqlanishning eng yaxshi yo‘lini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют