» » O‘zbekistonda koronavirus sababli pensiya pullari may oyidan boshlab plastik kartalarda to‘lanadi, valyuta almashtiradigan bankomatlar ko‘paytiriladi

O‘zbekistonda koronavirus sababli pensiya pullari may oyidan boshlab plastik kartalarda to‘lanadi, valyuta almashtiradigan bankomatlar ko‘paytiriladi


Karantin sababli O‘zbekistonda pensiya to‘lovlarini bosqichma-bosqich bank kartalari orqali to‘lash joriy qilinishi haqida xabar berilgan edi. AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Markaziy bankning Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti direktori o‘rinbosari Akmal Nazarov karantin davrida pensiya pullarini plastik kartalarda olish masalalari bo‘yicha savollarga javob berdi.

Akmal Nazarovning qayd etishicha, karantin sharoitida naqd puldan ko‘ra plastik kartadan foydalanish ham xavfsiz, ham samarali yo‘l hisoblanadi.

Qayd etilishicha, Respublika maxsus komissiyasi tavsiyasiga asosan, aholiga ish haqi va pensiya to‘lovlarini bank kartalari orqali amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.

Unga ko‘ra, pensiya to‘lovlarini amalga oshirish:

Bunda pensionerlar tomonidan bank kartalarini ochish va unga ega bo‘lish uchun Xalq banki bo‘limlariga borish talab etilmaydi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin vaqti doimiy yashash joyida turmagan pensionerlarga pensiya qanday to‘lanishi ma’lum qilindi

Buning uchun Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan fuqarolar to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlar karta ochish uchun Xalq banki bo‘linmalariga elektron shaklda yuboriladi va bank tomonidan ularga karta ochiladi. So‘ngra oylik pensiya to‘lovlari Pensiya jamg‘armasi bo‘linmalari tomonidan shakllantiriladigan qaydnomalar asosida fuqaroning kartasiga o‘tkaziladi.

Xalq bankining mas’ul xodimlari tomonidan ushbu kartalar ularning egalariga barcha sanitar qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda yashash manzillari bo‘yicha yetkazib beriladi.

Xalq banki xodimlari tomonidan pensionerlarga o‘zlarining bank kartalari yetkazib berilgan vaqtda uni rasmiylashtirish uchun fuqarodan faqatgina ariza va uning bank kartasini qabul qilib olganligi to‘g‘risida imzo so‘raladi.

Xalq banki bankomatlaridan mablag‘larni naqdlashtirish bepul amalga oshirish mumkin bo‘lsa-da, salomatlik nuqtayi nazaridan va ayniqsa, bugungi kunda to‘lovlarni bank kartalari orqali amalga oshirish tavsiya etiladi.

Shuningdek, Akmal Nazarov bank ofislari mavjud bo‘lmagan hududlarda va bank xizmatlaridan foydalanish masalasida ham savollarga javob berdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda barcha asosiy bank amaliyotlari, shu jumladan, xorijiy valyutani sotib olish yoki sotish, pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, depozit operatsiyalari, kommunal xizmatlar yoki soliq to‘lovlarini amalga oshirish va boshqa turdagi bank xizmatlaridan masofadan turib, ya’ni uydan chiqmagan holda, mobil bank ilovalari orqali foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Ta’kidlanishicha, deyarli barcha banklarning mobil ilovalari shunday funksiyaga ega. Bu funksiyani topish uchun bank mijozi o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankning mobil ilovasi bilan tanishib chiqishi kerak.

Markaziy bank tomonidan bank infratuzilmasi yetarli bo‘lmagan chekka hududlarda universal kassalar tashkil etish hamda aholi tomonidan murojaat bo‘lganda ularning yashash manzillariga borib bank xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan barcha banklarga tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

Ushbu universal kassalar aholiga pul o‘tkazmalari, xorijiy valyutani sotib olish yoki sotish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi.

Shuningdek, banklarning mijozlari bilan oldindan kelishilgan holda tegishli so‘rovlarga binoan vaqti-vaqti bilan ma’lum joylarga chiqqan holda boshqa chakana bank xizmatlari ham ko‘rsatiladi.

O‘z navbatida, banklar sanitariya talablariga qat’iy rioya qilishi va tashrif buyuradigan barcha xodimlarni zarur jihozlar (maxsus himoya kiyimlari, niqoblar, qo‘lqoplar va antiseptik vositalar) bilan ta’minlashi, shuningdek, bank xizmatlari ko‘rsatib bo‘lingandan keyin ham xodimlarni dezinfeksiya qilish choralarini ko‘rishi yuzasidan talablar joriy etilgan.

Tijorat banklari tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun aholiga qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida tegishli bank infratuzilmasi yaratilgan. Naqd xorijiy valyutani so‘mga ayirboshlashga ixtisoslashgan avtomatlashtirilgan bankomatlar soni yaqin kelajakda 1000 dan ziyodga yetkaziladi.

Avvalroq Namanganda pensiya tarqatgan Xalq banki xodimi koronavirusga chalingani haqidagi xabarlar asossiz bo‘lib chiqqani, bu haqda video ulashgan IIB xodimi ishdan bo‘shatilgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida “o‘zini yakkalash” tartibi 6-apreldan majburiy tartibda joriy etildi. Unga ko‘ra, 65 yoshdan oshgan hamda surunkali kasalligi bo‘lgan fuqarolar o‘z uylaridan o‘ta zaruratsiz tashqariga chiqishi qat’iyan man etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют