» » Transport vazirligi O‘zbekistonda aviaqatnovlar qachondan boshlab qayta tiklanishiga oydinlik kiritdi

Transport vazirligi O‘zbekistonda aviaqatnovlar qachondan boshlab qayta tiklanishiga oydinlik kiritdi


O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda mamlakatda aviaqatnovlar qachondan boshlab qayta tiklanishi, karantindagi fuqarolarni o‘z uyiga olib borish kabi masalalar yuzasidan savollarga javob berdi.

Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 30-mart kuni soat 00:01 dan 20-aprel soat 00:01 ga qadar O‘zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopilib, aviaqatnovlar butunlay to‘xtatilgan.

Respublikadagi aeroportlar ish faoliyati va aviaparvozlarning qayta tiklanishi yoki cheklov choralarining uzaytirilishi Respublika maxsus komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi.

Navro‘z Ashurmatovning ma’lum qilishicha, 13-aprel kuni tungi soat 01:00 da Toshkent viloyatida joylashgan karantin hududidan olib kelinayotgan 50 nafar fuqaro yo‘lda qoldirib ketilgani haqidagi xabar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilgan. Natijada mazkur xabar mutlaqo asossiz va haqiqatdan yiroq ekani oydinlashgan. Shu kuni avtobus haydovchisi karantin muddati tugab, uylariga qaytayotgan barcha yo‘lovchilarni o‘z manzillariga qadar yetkazib qo‘ygan.

Shu bilan birga, vazirlik vakili 10-aprel kuni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan karantin hududida bo‘lgan va uyiga javob berilgan fuqarolarni doimiy yashash manzillariga yetkazib qo‘yish davomida avtobus haydovchisi 3 nafar fuqaroni o‘z manziliga olib bormaganini va buning uchun haydovchiga nisbatan ma’muriy javobgarlik jazosi qo‘llanilganini qayd etib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, bu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan karantin o‘tash maxsus hududida bo‘lgan fuqarolarni o‘z uylariga yetkazib qo‘yish uchun “Toshshahartransxizmat” AJ va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan birgalikda maxsus yo‘nalishlar ishlab chiqilib, ushbu yo‘nalish bo‘yicha fuqarolarni manzillariga yetkazilmoqda.

Navro‘z Ashurmatov hozirgi kunda ishlab chiqarish korxonasi uchun zarur bo‘lgan mahsulotni chet eldan buyurtma berib olib kelishda aeroportning kargo yuk xizmatidan foydalanish masalasida ham savolga javob berdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda mazkur xizmatdan foydalanish mumkin. Hozirgi kunda butun jahonda koronovirus pandemiyasi tufayli muntazam aviaqatnovlar yo‘lovchi va yuk tashuvi uchun cheklangan. Ammo Uzbekistan Airports AJ tizimiga kiruvchi Toshkent, Navoiy va Namangan aeroportlari kucha-yu kunduz faoliyat yuritmoqda. Bu aeroportlarda yuklarni qabul qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Mamlakatning qolgan aeroportlari aviaqatnov tashkil qilinishiga qarab jadval bo‘yicha ishlamoqda. Yuk jo‘natuvchilar yoki qabul qiluvchilar yuk tashish uchun kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini va yukka bo‘lgan talablarni aeroportning yuk tashuv bo‘limidan yoki aviatashuvni bajaruvchi aviakompaniyadan olishi mumkin.

Mazkur masala bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot uchun Uzbekistan Airports AJ tijorat departamenti rahbari Yura Tyanga +99890 3508538 raqami orqali murojaat qilish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют