» » Karantinni qachon bekor qilishni xalqimiz bilan bamaslahat, har tomonlama chuqur oylab, albatta, korib chiqamiz Shavkat Mirziyoyev

Karantinni qachon bekor qilishni xalqimiz bilan bamaslahat, har tomonlama chuqur oylab, albatta, korib chiqamiz Shavkat Mirziyoyev


Shavkat Mirziyoyev 14-aprel, seshanba kuni global inqiroz va pandemiya sharoitida Ozbekiston qishloq xojaligi oldida turgan dolzarb vazifalar muhokamasiga bagishlangan videoselektor yigilishi avvalida karantinni bekor qilish masalasiga toxtalib otdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbarining takidlashicha, pandemiya va karantin bilan bogliq mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, aholi tushkunlik va sarosimaga tushgani yoq. Mamlakatda faoliyat yuritayotgan biron-bir tizim toxtab qolmadi. Vaziyatdan kelib chiqib, aholining sogligini oylab, ish boshqa shaklda tashkil etilmoqda. Aqliy mehnat, talim-tarbiya bilan bogliq faoliyat turlari masofadan turib, onlayn rejimda olib borilmoqda.

Albatta, biz yaxshi tushunamiz, uyda otirish oson ish emas, lekin biz ayni paytda elimizning sogligini va hayotini saqlab qolish uchun eng maqbul vosita sifatida shu tavsiyaga amal qilishga majburmiz. Biz karantinni qachon bekor qilishni xalqimiz bilan bamaslahat, har tomonlama chuqur oylab va tahlil qilib, albatta, korib chiqamiz, dedi Mirziyoyev.

Davlat rahbari, shuningdek, bu vaqtinchalik qiyinchilik ekanligini, u albatta, yengib otilishini takidladi.

Buyuk shoirimiz Abdulla Oripov qalamiga mansub, hammamiz gurur bilan kuylaydigan Davlat madhiyamizda Ulug xalq qudrati josh urgan zamon, degan chuqur manoli sozlar bor. Chindan ham, mana shunday murakkab va sinovli damlarda biz ulug va mehnatkash xalqimizning qudrati, aql-zakovati va sabr-matonati, mehr-oqibati va samimiyati bilan ushbu ogir sinovlarni ham, albatta, yengib otamiz, dedi Prezident.

Mavzuga doir:Shavkat Mirziyoyev: Hokimlar va sektor rahbarlari kam taminlangan oilalarni qollab-quvvatlash ishlariga shaxsan javob beradi



Manba: Daryo.uz
: admin (14-04-2020, 20:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -