» » Namanganda koronavirusdan sog‘ayganlar orasida ikki oylik chaqaloq ham bor

Namanganda koronavirusdan sog‘ayganlar orasida ikki oylik chaqaloq ham bor


Namanganda koronavirus kasalligidan butunlay sog‘ayganlar qatorida ikki oylik chaqaloq ham bor. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Chaqaloq va uning onasi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasini tark etib, reabilitatsiya markaziga yuborilgan hamda karantin kuzatuviga olingan.

Namanganda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar qatorida kelin-kuyov ham bor edi. 2020-yil 19-mart kuni Namangan shahridagi tantanalar majmualaridan birida bo‘lib o‘tgan ushbu to‘yda ishtirok etganlardan 18 nafari kasallikda gumon qilinib, shifoxonaga yotqizilgan.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Botirovga ko‘ra, 25 yashar kuyov va 19 yoshli kelin hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida bo‘lib turibdi. Ulardan olingan tahlillar musbat natija ko‘rsatgan bo‘lsa ham, kasallikning klinik belgilari qayd etilmagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют