» » Moskvada karatinda ham ishlashni davom ettirgan “Halol somsa” kafesi eshigi beton bilan to‘sib qo‘yildi

Moskvada karatinda ham ishlashni davom ettirgan “Halol somsa” kafesi eshigi beton bilan to‘sib qo‘yildi


Rossiya poytaxti Moskva shahrida koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantinga qaramay ishlashda davom etgan kafening kirish qismi betonlab qo‘yildi, deb xabar berdi Baza Telegram kanali.

Poytaxtdagi restoran va kafelar uyga eltib berish xizmati bilan ishini davom ettiryapti. Biroq “Halol somsa” kafesi hech narsa bo‘lmagandek mijozlarni qabul qila boshlagan. Kafe mijozlari bir-biriga juda yaqin o‘tirgan, oraliq masofa saqlanmagan.

“Sud qaroriga ko‘ra, kafe ishlamasligi kerak edi. Shu tufayli tuman ma’muriyati kafega kirishni beton orqali to‘sib qo‘yishga qaror qildi”, — deyiladi xabarda.

Kafega kiraverishga asfalt yotqizildi, uning ustidan esa bir necha beton-bloklar qo‘yildi.

Mavzuga doir: Moskva hayvonot bog‘idagi hayvonlar odamlarni sog‘inib qoldi. Ayniqsa maymunlar va katta pandalar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют