» » Banklarda dollar kursi 10 ming so‘mdan oshdi

Banklarda dollar kursi 10 ming so‘mdan oshdi


O‘zbekistonning bir qator banklari AQSh dollarni 10 ming so‘mdan yuqori qiymatda sotish va sotib olishni boshladi. Ularning aksariyati dollarni 10 050 so‘mdan sotib olib, 10 150 so‘mdan sotmoqda.

Xususan, ushbu kurs Milliy bank, “Asakabank”, Orient Finance Bank, “Ipak yo‘li”, “Ravnaq-bank”, Hi-Tech Bank, “Aloqabank”, “Ipotekabank” tomonidan o‘rnatilgan.

Infinbank esa dollarni 10 140 so‘mdan sotib olib, 10 150 so‘mdan sotmoqda. “Kapitalbank”ning Apelsin ilovasida dollar 10 150 so‘mdan taklif qilinmoqda, 10 070 so‘mdan sotib olinmoqda.

14-aprel kuni, kunning birinchi yarmida deyarli barcha banklar dollarni 9850 so‘mdan sotishni boshlagan edi. Shunday qilib, banklarda AQSh valyutasi kursi o‘rtacha 300—350 so‘mga o‘sdi.

Qayd etish joiz, Markaziy bank tomonidan 14-apreldan o‘rnatilgan dollarning rasmiy kursi 9693 so‘mni tashkil etmoqda. Respublika Valyuta birjasida 14-aprel kuni bo‘lib o‘tgan savdolar chog‘ida dollar kursi 9793 so‘mgacha ko‘tarilgan edi.

Avvalroq aprel oyi boshidan so‘mning keskin qadrsizlangani munosabati bilan Markaziy bank bayonot berib, bunga eksport tushumlari va pul o‘tkazmalari hajmi qisqargani, shuningdek, Rossiya rubli va Qozog‘iston tengesi qadrsizlanganini sabab qilib ko‘rsatgan edi.

Ayni vaqtda Markaziy bank so‘m almashuv kursining qadrsizlanishi ehtimolini past darajada baholashini bildirgan edi. MBning dastlabki prognozlarga ko‘ra, qisqa muddatli davrda so‘m almashuv kursi ma’lum bir kichik o‘zgarishlardan keyin o‘zining fundamental trendiga yaqin darajada shakllanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют