» » “Mourinyo “Chelsi”ni tark etganda hatto jamoa yetakchilari ham yig‘lagandi” — Siduell

“Mourinyo “Chelsi”ni tark etganda hatto jamoa yetakchilari ham yig‘lagandi” — Siduell


“Chelsi” sobiq yarim himoyachisi Stiv Siduell 2007-yil Joze Mourinyoning jamoadan ketishi futbolchilarga kuchli ta’sir qilgani haqida eslab o‘tdi.

O‘sha vaqtda portugaliyalik mutaxassisning klubni tark etishiga “Chelsi” egasi Roman Abramovich bilan yomon munosabati sabab bo‘lgani aytilgandi.

“Men hech qachon jamoada keskinlikni sezmaganman va qandaydir muammo bo‘lgan deb ham o‘ylamayman. OAVda nimalardir yozildi va oxir-oqibat ko‘pik yorildi. Biroq jamoa ichki muhitida hech qanday o‘zgarish sezilmasdi. Barcha futbolchilar birdam edi, Jozedan hech kim yuz o‘girmagan, murabbiy kiyinish xonasini yo‘qotmagandi.

U jamoani tark etgan kuni yangilikni radiodan eshitdim. O‘ylab qoldim: “Jin ursin, endi nima bo‘ladi?”. Keyin barchamizni Kobhemga taklif qilishdi. Joze xayrlashishga kelganda g‘alati bo‘lib ketdim. Xona jimjitligidan pashsha uchgani sezilardi. Xuddi motam marosimiga o‘xshardi.

Keyin esa Didye Drogba, Frenk Lempard va Jon Terri kabi kuchli personajlar polda yig‘lab o‘tirgani yoki ko‘z yoshini arang tiyib turganini ko‘rasiz... Men ham to‘lqinlanib ketdim. Bu haqiqatda juda g‘alati bo‘lgandi”, — deya eslaydi Siduell.

2004-yilda “Chelsi” boshqaruviga kelgan Mourinyo 2007-yilning sentabrida jamoani tark etadi. Mutaxassis keyinchalik 2013—2015-yillar mobaynida ham londonliklar klubini boshqaradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют