» » Koronavirus pandemiyasi vaqtida odamlar Google’dan eng ko‘p nima haqda so‘rayotgani ma’lum bo‘ldi

Koronavirus pandemiyasi vaqtida odamlar Google’dan eng ko‘p nima haqda so‘rayotgani ma’lum bo‘ldi


Koronavirus pandemiyasi tufayli joriy qilingan karantin hayotimizda o‘chmas iz qoldirmoqda. Ko‘pchilik o‘zgargan hayotiy sharoitlarga moslashmoqda. Google Trends’ning so‘nggi ma’lumotlari ham bundan dalolat beradi.

“Qanday qilib?” deb boshlangan so‘rovlar orasida “Qanday qilib matodan niqob tikish mumkin?”, “Qanday qilib sanitayzer tayyorlash mumkin?”, “Qanday qilib infeksiyani o‘ldiruvchi sochiqchalar tayyorlash mumkin?”, “Qanday qilib hojatxona qog‘ozini tayyorlash mumkin?”, “Qanday qilib dezinfeksiyalovchi sprey tayyorlash mumkin?” kabi savollar yetakchilik qiladi.

Google mutaxassislari, shuningdek, “Qaychi bilan sochni qanday qisqartirish mumkin?” (+140 %) “Uyimga yaqin kuchuklar boqiladigan joy” (+100%) kabi so‘rovlar ham ko‘payganini aytgan.

Bundan tashqari, odamlarni ovqatdan koronavirus yuqtirish ehtimoli, bepul yetkazib berish xizmatlari, uzoq saqlanadigan mahsulotlarni sotib olish haqidagi ma’lumotlar ham qiziqtirmoqda.

Koronavirus muammosi bilan Italiya, Ispaniya, Irlandiya, Buyuk Britaniya va Fransiya aholisi ko‘proq qiziqmoqda.

Pandemiya bilan bog‘liq savollar orasida “Koronavirus qachon tugaydi?”, “Koronavirusga testni qayerdan topshirsa bo‘ladi?”, “Koronavirus buyumlar yuzasida qancha yashaydi?” kabi so‘rovlar eng ko‘p uchramoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют