» » Suriyaning Rashidin tumanidagi terakt qurbonlari soni 100 kishiga yetdi

Suriyaning Rashidin tumanidagi terakt qurbonlari soni 100 kishiga yetdi


Suriyaning Rashidin tumanidagi terakt qurbonlari soni 100 kishiga yetdi. Bu haqda CNN manbalariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Oldinroq Idlib viloyatidagi Fua va Kefraya shia qishloqlaridan evakuatsiya qilingan aholini olib ketayotgan avtobuslar  oldida terrorchi-xudkush o‘zini portlatib yuborgani oqibatida 16 kishi o‘lgani bildirilgandi.

Portlash oqibatida yaralanganlar tez tibbiy yordam mashinalarida Aleppo kasalxonalariga yetkazildi. Jangarilar ularni hukumat armiyasi nazoratidagi hududga qo‘ymayotgan edi.

“Kelishib olishga erishildi. Jangarilar egallagan hududdan Fua va Kefrayaning jarohatlangan fuqarolari bo‘lgan mashinalar chiqib ketdi, ularning bir qismi shahar kasalxonalariga joylashtirildi”, — deya hikoya qildi manba.

Manbaga ko‘ra, yaradorlar evaziga suriyalik harbiylar jangarilar hamda ularning oila a’zolari bo‘lgan 5 ta avtobusni Rashidin tomonga o‘tkazgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют