» » Nemischa aniqlik, portugalcha did. JCh—2018 musobaqasida kiritilgan eng chiroyli 10 ta gol (video)

Nemischa aniqlik, portugalcha did. JCh—2018 musobaqasida kiritilgan eng chiroyli 10 ta gol (video)


Koronavirus pandemiyasi sabab dunyo bo‘ylab deyarli barcha sport musobaqalari to‘xtatildi. Shu jumladan, futbol bo‘yicha musobaqalar ham. “Daryo” muxlislarning talab va takliflarini inobatga olgan holda turli musobaqalarda urilgan eng sara gollarni taqdim etib boradi. Ushbu loyihaning navbatdagi sonida Rossiya maydonlarida o‘tgan 2018-yilgi Jahon Chempionatida kiritilgan eng chiroyli gollar taqdim etiladi. Gollar reytingi FIFA talqiniga ko‘ra tuzib chiqilgan.

Musobaqa sensatsiyasiga aylangan Germaniya terma jamoasiga guruh bosqichida umid bag‘ishlagan gol. Ikkinchi turda doirasida Shvetsiyaga qarshi kechgan bahsda Toni Kroos uchrashuvning 95-daqiqasida jarima zarbasini golga aylantiradi va ilk turda Meksikaga yutqazib qo‘ygan (0:1) nemislarda umid uchquni paydo bo‘ladi. Keyin nimalar bo‘lgani barchangizga ma’lum. Aytgancha, golni nishonlash paytidagi kadrdan O‘zbekiston bayrog‘i ham o‘rin olgan.

Pley-off bosqichi yo‘llanmasini hal qilib bergan o‘yin juda asabiy ruhda o‘tgandi. Rikardu Kuarejma esa o‘z uslubida, butsisining tashqi tomoni bilan zarba berib birinchi bo‘lim so‘nggida hisobni ochgan va bu gol portugallarga keyingi bosqich eshiklarini ochgandi. Darvoqe, Ali Rizo Beyronvand ushbu musobaqada ikkita to‘p o‘tkazib yuboradi, Kuarejmadan tashqari bu baxt Diyego Kostaga ham nasib etgandi.

Ahmad Musa Islandiya terma jamoasi himoyasini bir o‘zi dog‘da qoldirgan holda uchrashuvdagi dublini nishonlamoqda. Uning mazkur uchrashuvdagi birinchi goli ham yomon chiqmagandi.

Nosir Shadli hali ham yaponiyalik futbolchi va muxlislarning tushiga kirib chiqsa ajab emas. Uchrashuvning dastlabki bir soati ortda qolgan: Yaponiya terma jamoasi 2:0 hisobida oldinda bormoqda... 65-daqiqada Maruan Fellaini va Nosir Shadli maydonga tushiriladi, bu esa o‘yinda keskin burilish yasaydi. 94-daqiqada Nosir Tibo Kurtua boshlab bergan qarshi hujumni gol bilan yakunlaydi va “qizil iblislar”ni chorak finalga olib chiqadi. Bu golning o‘zi chiroyli bo‘lmasligi mumkin, ammo golgacha bo‘lgan ajoyib kombinatsiya va uning qadri sabab kuchli o‘nlikdan joy olgan bo‘lsa ne ajab.

Bo‘lajak finalchi Xorvatiya uchun juda qiyin kechgan uchrashuvlardan biri. Denis Cherishev 31-daqiqada o‘zining ajoyib zarbasi bilan ruslarni oldinga olib chiqadi. Oxir oqibat Rossiya terma jamoasi penaltilar seriyasiga ko‘ra imkoniyatni boy berib qo‘yadi va musobaqa bilan alamli tarzda xayrlashadi.

3-turga kelib bir durang va bir mag‘lubiyat qayd etgan Argentina nimchorak finalga yo‘l olishi uchun mazkur uchrashuvni g‘alaba bilan tugatishi shart edi. Messining 14-daqiqada kiritgan to‘pi teng kurashlar ostida o‘tgan bu o‘yinda Argentinaning g‘alabasida muhim rolni o‘ynaydi.

Krishtianu ispanlarning to‘liq ustunligida kechgan bahsning 88-daqiqasida jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, het-trigini nishonlaydi va jamoasiga muhim ochkoni olib keladi. O‘yindan keyin bir qator nashrlar bosh muqovasi “Ronaldu—Ispaniya 3:3” sarlavhasi ostida chiqdi. Krishtianuning individual mahorati va David De Xeaning qo‘pol xatosi o‘yin natijasiga ta’sir qila olgandi.

Keskin kurash va asabiy ruhda kechgan bahsda Luka Modrich 80-daqiqada mana shu chiroyli goli bilan uchrashuv taqdirini deyarli hal qilib qo‘ygandi. Tanaffusga qadar nursiz o‘yin qayd etilgan, ikkinchi bo‘limda xorvatlar amaldagi finalchilarga hech qanday imkoniyat qoldirmagan edi. Mazkur bahsni Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar guruhi boshqargandi.

Kolumbiya uchun juda omadsiz o‘tgan o‘yinda Xuan Kintero jarima zarbasidan ayyorona usulda foydalanib vaziyatni o‘nglashga harakat qiladi, biroq sondagi ustunlik sharqiy osiyoliklarga qo‘l keladi va yakunda Yaponiya o‘ziga kerakli bo‘lgan g‘alabaga erishadi. Uchrashuvning 3-daqiqada kolumbiyaliklar Karles Sanchesning qo‘pol xatosidan keyin bir kishi kam bo‘lib qolgani yetmagandek, penaltidan to‘p ham o‘tkazib yuboradi.

Musobaqani bezagan “pushka” gol! Benjamen Pavarning bu goli chiroyli chiqishi bilan birga, o‘yinda keskin burilish yasagani bilan ham ajralib turadi. Dastlab hisobda oldinga o‘tib olgan bo‘lajak Jahon Chempionlari birinchi bo‘lim so‘nggi va ikkinchi bo‘lim avvalida o‘z darvozasidan to‘p olib chiqadi. Pavarning mazkur goli esa fransuzlarni xavotirdan qutqaradi va keyinroq Kilian Mbappe to‘rt daqiqa ichida ikkita to‘p kiritgan holda o‘yin masalasini hal qilib qo‘yadi.

Mavzuga doir: Video: Lionel Messining Chempionlar Ligasida urgan eng chiroyli 10 ta goli bitta sahifada

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют