» » Nurmat Otabekov: “Tishi og‘rigan bemor uyiga tez yordam chaqirsin”

Nurmat Otabekov: “Tishi og‘rigan bemor uyiga tez yordam chaqirsin”


14-aprel, seshanba kuni, AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan tegishli izoh va javoblar berildi.

Jumladan, Bosh davlat sanitariya inspektori karantin vaziyatida stomatologiya xizmatlaridan foydalanish masalasi, tishi og‘rigan bemorlarning uydan chiqa olmasligi, tibbiyot muassasasiga borishida yuzaga kelayotgan to‘siqlar bo‘yicha berilgan savolga javob qaytardi.

“Bunday vaziyatlarda tez tibbiy yordam xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin”, — dedi Otabekov.

Shuningdek, brifingda shoshilinch tibbiy vaziyatlarda shaharda shaxsiy avtomobilda qanday harakatlanish mumkinligi borasida berilgan savolga ham rasmiy izoh berildi. “Bir oilaning chaqalog‘ida paraproktit kasalligi bor va u SamPI kasalxonasiga yotishi zarur. Ular ming xavotirda o‘z mashinasida bormoqchi. Har bir to‘xtatgan postga chaqaloq yarasini ko‘rsatishi kerakmi?” deya berilgan savolga paraproktit Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra ruxsat berilgan vaziyatlar ro‘yxatiga kiritilmagani va oila tez tibbiy yordam xizmatini chaqirishi mumkinligi haqida javob berildi.

Nurmat Otabekov “Oilaboshi shifokorni uyidan olib kelib, operatsiyadan so‘ng yana uyiga olib borib qo‘yishi kerak. Bunday vaziyatda nima qilish mumkin?”, — deya yo‘llangan savolga quyidagicha javob qaytardi:

“Shifokorni olib kelish va olib borib qo‘yish taqiqlanadi. Siz hududiy poliklinikaga qo‘ng‘iroq qilishingiz zarur va ular shifokor kelib-ketishini tashkillashtirishadi”.

Brifingda kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ishi kerak bo‘lgan homilador ayolni tug‘ruqxonaga yetkazishda tez tibbiy yordam mashinasini chaqirishi yoki shoshilinch vaziyatda shaxsiy avtotransportdan foydalanish mumkinligi aytildi. Ushbu harakatning qonuniyligiga Respublika maxsus komissiyasining qarorida keltirilgan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq vaziyatlarda shaxsiy avtomobildan foydalanish mumkinligi to‘g‘risidagi band asos bo‘ladi.

Mavzuga doir: 

14-aprel 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1165 kishiga yetgan. Shu kungacha 99 kishi koronavirusdan sog‘aygani ma’lum qilingan. Infeksiya oqibatida to‘rt kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют