» » O‘zbekistonda fuqarolarga karantin qoidalarini buzganligi haqida SMS jo‘natib, pul undirmoqchi bo‘layotgan firibgarlar paydo bo‘lgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda fuqarolarga karantin qoidalarini buzganligi haqida SMS jo‘natib, pul undirmoqchi bo‘layotgan firibgarlar paydo bo‘lgani ma’lum qilindi


O‘zbekistonda karantin davrida “o‘zini yakkalash” tartibiga o‘tgan fuqarolarning uyda o‘tirganidan, shuningdek, odamlarda koronavirus pandemiyasi sabab xavotir kuchli ekanidan foydalanib qolayotgan firibgarlar turli usullarda kishilarni chalg‘itib, ularning elektron hisobdagi mablag‘larini o‘zlashtirishga harakat qilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi “O‘zkomnazorat” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqarolarga muayyan sana yoki geojoylashuv nuqtasi koordinatlarini ko‘rsatib, “Siz karantin qoidasini buzdingiz, endi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima to‘laysiz”, degan mazmunda SMS xabarlar jo‘natish holatlari uchramoqda. Shuningdek, mazkur xabarlarda jarimani uydan to‘lash ham mumkinligini ta’kidlanib, to‘lov uchun karta raqami ko‘rsatilmoqda.

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi fuqarolarni bu kabi yolg‘on xabarlarga aldanmaslikka, SMS xabarlar, telefon qo‘ng‘iroqlarini qabul qilganda hech qachon elektron hisobdagi mablag‘lar yoxud turli maxfiy kodlar haqida begona shaxslarga ma’lumot bermaslikka chaqirgan. Shuningdek, bu kabi holatlar kuzatilganda SMS xabarnomani o‘chirib tashlash, telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘lganligi haqida 102 raqami orqali huquq-tartibot idoralariga xabar berish tavsiya etiladi.

Avvalroq “O‘zkomnazorat” koronavirus sababli internet tarmog‘ida firibgarliklar ko‘payayotgani haqida ogohlantirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 02:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют