» » Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti O‘zbekistondagi mahkumlarga insonparvarlik yordamini yubordi

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti O‘zbekistondagi mahkumlarga insonparvarlik yordamini yubordi


Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori mamlakatdagi jazoni ijro etish muassasalariga koronavirus infeksiyasining kirib kelishini oldini olishda Bosh boshqarma tomonidan olib borilayotgan ishlarga ko‘maklashish uchun insonparvarlik yordamini ko‘rsatdi.

IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi (JIEBB) matbuot xizmati xabariga ko‘ra, insonparvarlik yordami o‘z ichiga 15 turdagi turli tibbiy himoya (yuz niqoblari, tibbiy qo‘lqoplar, himoya kostyumlari, bog‘lov materiallari), kir yuvish va shaxsiy gigiyena hamda antibakterial vositalarni jamlagan bo‘lib, uning umumiy qiymati 180 million so‘mdan ortiqdir.

Ushbu vositalar tarbiya koloniyasidagi voyaga yetmagan mahkumlar va mahkum ayollarning koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan maxsus kontingent uchun, shuningdek, ushbu muassasalarda xizmat qilayotgan xodimlarga maqsadli ravishda yetkazib berildi.

JIEBB rahbariyati jazoni ijro etish muassasalarida COVID-19 infeksiyasi kirib kelishining oldini olish bo‘yicha ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami uchun YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, elchi Jon Makgregorga minnatdorchilik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash boshlanganidan buyon O‘zbekiston Xitoy, Eron, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarusga insonparvarlik yordami jo‘natdi. Ozarbayjonga ham insonparvarlik yordami yuborilishi kutilmoqda. O‘z navbatida O‘zbekiston mazkur pandemiyaga qarshi kurashish uchun Xitoy, BAA va AQShdan yordam oldi.

Mavzuga doir: AQSh O‘zbekistonga COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashda qo‘shimcha yordam ko‘rsatadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют