» » Urgutda mashinani o‘g‘irlab ketib, ag‘darib yuborgan shaxs qo‘lga olindi

Urgutda mashinani o‘g‘irlab ketib, ag‘darib yuborgan shaxs qo‘lga olindi


Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti Samarqand viloyati Urgut tumanida “VAZ-2102” mashinani o‘g‘irlab ketib, ag‘darib yuborgan gumonlanuvchining qo‘lga tushganini xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, 13-aprel, dushanba kuni, 40 yoshli Sh.S. Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020-yiling 12-aprel kunidan 13-aprel kuniga o‘tar kechasi soat 23:00 larda yashash uyining yonida qoldirgan o‘ziga tegishli bo‘lgan “VAZ-2102” rusumli transport vositasini noma’lum shaxs olib qochib ketganligini va ushbu holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida murojaatchiga tegishli bo‘lgan “VAZ-2102” rusumli transport vositasini 24 yoshli L.T. olib qochgani va boshqaruvni yo‘qotib avtomashinani ag‘darib yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan L.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir: 

Avval Toshkentda tez yordam mashinasi ishtirokida yuz bergan YTHda 5 kishi jarohat olgani, Jizzaxda ishonchnomasi va “stiker”i bo‘lmagan haydovchi piyodani urib yuborgani, jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgani, Qashqadaryoda “Zil”ga borib urilgan Spark’ning yonib ketishi oqibatida haydovchi va ikki yo‘lovchi halok bo‘lgani, Andijonda jarima maydonchasiga olib ketilayotgan Damas ag‘darilib ketgani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 04:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют