» » Dominikanda koronavirus sabab prezidentlik saylovlari qoldirildi

Dominikanda koronavirus sabab prezidentlik saylovlari qoldirildi


Dominikan Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 13-aprel, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida sanitar cheklovlar sabab yuzaga kelgan fors-major holati doirasida prezidentlik saylovlarini 17-maydan 5-iyulga ko‘chirishga ovoz berildi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.

“Markaziy saylov komissiyasi prezidenti Xulio Sesar Kostanyos Gusman sog‘liqni saqlash sohasida yuzaga kelgan favqulodda holat sharoitidagi fors-major holatlari sabab prezident, senatorlar va deputatlarni saylash uchun 2020-yilning 17-may sanasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan saylovlarni qoldirdi”, — deyiladi xabarda.

Zarurat tug‘ilib qolsa, saylovlarning ikkinchi turi 26-iyul kuni o‘tkaziladi.

Dominikanda favqulodda holat rejimi 31-aprelga qadar davom etadi. Mamlakatda 3167 kishida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan, hozirga qadar 177 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: JSST COVID-19 yuqtirib olganlarning qayta kasallanish ehtimoliga baho berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют