» » Italiyada o‘tgan sutka davomida kasallanganlar soni bo‘yicha eng past ko‘rsatkich qayd etildi

Italiyada o‘tgan sutka davomida kasallanganlar soni bo‘yicha eng past ko‘rsatkich qayd etildi


Italiyada 14-aprel holatiga ko‘ra koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 104 291 nafarga yetdi. Mamlakat fuqaro muhofazasi departamentining ma’lumotiga ko‘ra, bir sutka ichida 675 ta yangi holat qayd etilgan.

ANSA agentligining yozishicha, bu bir oy ichida kasallanganlar soni bo‘yicha eng past ko‘rsatkich. 6-mart kuni Italiyada bir sutka ichida virus bilan kasallanish bo‘yicha 620 ta yangi holat kuzatilgandi. 13-martda esa bir sutka ichida COVID-19 yuqtirib olganlar soni ming kishidan oshgan.

14-apreldagi ma’lumotga ko‘ra, mamlakatda tuzalganlar bilan qo‘shib hisoblaganda virus yuqtirib olganlarning umumiy soni 162 488 nafarga yetgan.

Mavzuga doir: Italiyada koronavirus qurbonlari sonining o‘sish sur’ati kamaygani ma’lum qilindi

Kasallikdan vafot etganlarning soni esa 20 ming nafardan oshib ketgan. Italiyada bir sutka ichida 566 nafar inson koronavirus oqibatida dunyodan ko‘z yumgan. Bu boradagi eng past natija 12-aprelda kuzatilgan bo‘lib, shu kuni bir sutka ichida 431 nafar kishi vafot etgandi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumoti bo‘yicha 21 067 nafar inson COVID-19 oqibatida vafot etgan, 37 130 kishi esa kasallikdan tuzalgan.

Mavzuga doir: Ispaniya va Italiyada bir qator kompaniyalar uchun karantin choralari yengillashtirildi

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Italiya butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha 3-o‘rinni egallab turibdi. Bu borada qo‘shni mamlakat Ispaniya Yevropada yetakchi (172 541 ming nafar odam koronavirus bilan kasallangan, 18 056 kishi vafot etgan), dunyoda COVID-19’ni yuqtirib olganlar soni bo‘yicha AQSh yetakchilik qilmoqda. U yerda 584 073 nafar kishi COVID-19 bilan kasallangan, vafot etganlar soni esa 24,4 ming nafargacha yetgan.

Mavzuga doir: Isroil koronavirus pandemiyasida xavfsizlik darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingida 1-o‘rinni egalladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют