» » OPEK+ kelishuvidan so‘ng Brent markasidagi neft narxi 30 dollardan pastladi

OPEK+ kelishuvidan so‘ng Brent markasidagi neft narxi 30 dollardan pastladi


Brent markasidagi neftning bir barreli 14-aprel oqshomidagi savdolarda 30 dollardan pastroqqa tushdi.

Bloomberg nashrining yozishicha, neft narxi OPEK+ kelishuvi va Xitoyda iqtisodiy faollik boshlanganiga qaramay G‘arb davlatlari uchun bozorda talab yo‘qligi tufayli tushishda davom etadi.

Brent’ning qiymati mart oyida bir barrel uchun 25 dollargacha pastlagan, aprel boshida esa OPEK+ kelishuvi imzolanishi haqidagi xabarlardan muayyan darajada ko‘tarilgan, shundan beri barrel uchun 31-33 dollar narxi barqaror saqlanib kelayotgandi.

OPEK+ neft ishlab chiqarish hajmini qisqartirish bo‘yicha davlatlar kelishuvi rasman 12-aprelda imzolandi, kartel vakillari qora oltin ishlab chiqarish hajmini kuniga 9,7 million barrelgacha qisqartirishga rozi bo‘lgan. AQSh, Braziliya va Kanada neft ishlab chiqarishni qo‘shimchasiga yana 3,7 million barrelga qisqartiradi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют