» » Rossiya Senati Putin videomurojaatining Google’dan o‘chirib tashlanishi sababini o‘rganadi

Rossiya Senati Putin videomurojaatining Google’dan o‘chirib tashlanishi sababini o‘rganadi


Rossiya Fedaratsiyasining davlat suverenitetini himoyalash bo‘yicha komissiyasi prezident Vladimir Putinning koronavirus sharoitida fuqarolarga yo‘llagan murojaatining Google’dan o‘chirib tashlangani bo‘yicha o‘rganish o‘tkazadi. Bu haqda komissiya raisi Andrey Klimovga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Eski tanishimiz Google ham ushbu sharoitda o‘zini ko‘rsatdi. U yerda videosujetlar yo‘qola boshlagan. Jumladan, Rossiya prezidentining fuqarolarga yo‘llagan murojaati ham sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan”, – deya ta’kidlagan Klimov komissiyaning 14-aprelda o‘tkazilgan majlisida.

Bundan tashqari, Google rossiyalik shifokor-virusologlarning pandemiya sharoitida nimalar bo‘layotgani haqida fuqarolarga ma’lumot tarzida yo‘llagan murojaatlarini ham o‘chirib tashlagan. Klimovning aytishicha, kompaniyaga murojaat qilinib, ushbu holatlar yuzasidan tushuntirish so‘ralganidan keyin shifokorlar haqidagi vaideomateriallar yana o‘z holiga qaytarilgan.

“Komissiya ushbu holatlarni chuqur va jiddiy o‘rganib chiqishi lozim”, – degan Klimov.

Shuningdek, Senat vakili senatorlarda ushbu platforma bilan ishlash tajribasi borligi, avval ham Rossiyada amaldagi qonunlarni buzish yomon oqibatlarga olib kelishi borasida Google’ga tushuntirish ishlari olib borilganini eslatgan.

Mavzuga doir: 

13-aprel kuni “Roskomnadzor” Google’dan NTV telekompaniyasining YouTube’dagi kanalidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning koronavirus pandemiyasi sabab fuqarolarga yo‘llagan murojaatining o‘chirib tashlangani yuzasidan izoh talab qilgandi. “Roskomnadzor” so‘rovida videoxostingning ushbu harakati Rossiya konstitutsiyasining 29-moddasi 5-bandining buzilishi ekani eslatilgan.

Mavzuga doir: Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirusga qarshi preparat ishlab chiqilganini e’lon qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют