» » O‘zbekiston DXMlaridagi ayrim xizmatlarni o‘z tashkilotlariga qaytarish taklif qilindi

O‘zbekiston DXMlaridagi ayrim xizmatlarni o‘z tashkilotlariga qaytarish taklif qilindi


“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Davlat xizmatlari markazlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish va ayrim xizmatlarni o‘z tashkilotlariga qaytarish haqida petitsiya e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, Davlat xizmatlari markazlarining faoliyatini qayta ko‘rib chiqish va ayrim xizmatlarni soddalashtirish yoki vakolatli tashkilotlarga qaytarish kerak.

“Davlat xizmatlari markazlarining ba’zi xizmat turlari, albatta, aholi uchun qulaydir, lekin ayrimlari xalq uchun ortiqcha xarajat va noqulayliklar tug‘dirib, ortiqcha vaqt sarflashga sabab bo‘lmoqda.

Misol uchun, o‘z amaliyotimdan kelib chiqib aytsam: issiq suv hisoblagichini (schyotchik) tekshiruvdan o‘tkazishdagi noqulayliklarga duch keldim. Bu xizmat Davlat xizmatlari markazlariga o‘tgandan beri narxi ikki barobarga oshdi. Ariza berilgan kundan boshlab 15 kun ichida kelishi kerak bo‘lgan xodim, hozirda 30 kun ichida ham yetib kelmayapti. Bu esa hisoblagichning standart sertifikati muddati tugashiga, kechikkan muddatdan so‘ng biz kishi boshiga to‘lov to‘lashimizga, natijada moddiy zarar ko‘rishimizga olib kelmoqda.

Agar men o‘z hisoblagichimni o‘zim davlat standartida tekshiruvdan o‘tkazish bilan shug‘ullanganimda ikki barobar arzonga tushar edi va uzog‘i bilan 10 kun ichida bitar edi. Men nafaqat standartlashtirish xizmati, balki boshqa xizmatlarni ham xalq uchun qulayligini o‘rganishni va qayta ko‘rib chiqishni maslahat beraman”, — deb yozgan murojaat muallifi va ba’zi xizmatlar yuzasidan fuqarolarda Davlat xizmatlari markazlariga ko‘plab noroziliklar mavjudligini ta’kidlagan.

Xabar yozilgan vaqtda petitsiya 31 ta ovoz to‘plagan. Agar murojaat belgilangan muddat ichida 10 mingta ovoz to‘plasa, parlament uni ko‘rib chiqishi kerak bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют