» » Tesla Model 3 avtopilotda ketayotib to‘qnashuvdan qochishga urinmadi (video)

Tesla Model 3 avtopilotda ketayotib to‘qnashuvdan qochishga urinmadi (video)


Tesla Model 3’ga o‘rnatilgan kamera boshqaruvni yo‘qotgan pikap bilan Kaliforniya yo‘llarida sodir etgan to‘qnashuvini tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi. Yomg‘ir yog‘ayotgani va haydovchi boshqaruvni eplay olmagani sababli mashina avtopilotda kelayotgan Tesla Model 3’ning yo‘lidan chiqib qolgan, deb xabar beradi Motor.

Videodan ko‘rish mumkinki, Model 3 elektromobilining tormozi ishga tushganiga qaramay u to‘qnashuvdan qochmagan. “Avtopilot ishga tushishini kutib o‘tirmasdan tormozni bosdim. Kim tezroq harakat qilganiga ishonchim komil emas — menmi yoki tizim”, — deydi elektrokar egasi Troy Devis.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech kimga jarohat yetmagan, Tesla Model 3 esa ta’mirlangan. Biroq avariyaga sababchi bo‘lgan pikap voqea joyidan qochib ketgan va aybdor javobgarlikka tortilmagan.

Mavzuga doir: Tesla zavodining drondan olingan tasvirlari namoyish etildi. Bu yerda odamlardan ko‘ra ko‘proq robotlar ishlaydi

Amerika brendining barcha elektromobillari TeslaCam tizimiga ega. U orqa qanotlarda, old oyna va videoregistrator vazifasini bajaruvchi quyruq qismida joylashgan kameralarni o‘z ichiga oladi. Videotasvir bir vaqtning o‘zida bir necha nuqtadan yozib olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют