» » O‘zbekistonda mahalliy dizel narxi 30 foizga arzonlashdi

O‘zbekistonda mahalliy dizel narxi 30 foizga arzonlashdi


“O‘zbekneftgaz” AJ dizel yoqilg‘isi bir litrining birjalardagi bahosini 14-aprel kunidan e’tiboran 5600 so‘m sifatida belgiladi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” axborot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan dizel yoqilg‘isi bir litrining birjalardagi narxlari yanvar-fevral oylari davomida 7500 so‘mlik qiymatni saqlab qolgan edi. So‘nggi uch oy davomida dizel narxi deyarli 2000 so‘mga arzonlashtirildi.

“Respublikamizda koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiy inqirozni oldini olish, shu bilan birgalikda jahon bozorida neft xomashyosi narxi tushib ketganligi natijasida arzon narxlarda xomashyo import qilindi va bu bilan tannarxning sezilarli darajada kamayishiga erishildi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Ai91 va Ai92 markali benzin yoqilg‘ilarining narxi pasaytirilganligi haqida xabar berilgan edi. Ai80 benzining narxi davlat tomonidan tartibga solinishi bekor qilingan edi.

Mavzuga doir: “O‘zbekneftgaz” raisi o‘rinbosari: O‘zbekistonda benzin va dizel narxi pasayadi

Ma’lumot o‘rnida, 30-mart kunidan boshlab Buxoro neftni qayta ishlash zavodida O‘zbekistonda ilk bor “Yevro-4” va “Yevro-5” sinfli ekologik toza hamda sifatli dizel yoqilg‘isining ishlab chiqarilishi ham yo‘lga qo‘yilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют