» » “Inter” Lautaro evaziga “Barselona”dan Grizmanni so‘radi

“Inter” Lautaro evaziga “Barselona”dan Grizmanni so‘radi


“Barselona” hujumchisi Antuan Grizmann faoliyatini “Inter”da davom ettirishi mumkin.

Avvalroq katalon klubi milanliklar forvardi Lautaro Martinesga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. La Gazzetta dello Sport nashrining xabar qilishicha, “Inter” argentinalik futbolchini qo‘yib yuborish evaziga “Barselona”dan Grizmanni so‘raydi. “Inter” futbolchilar rokirovkasi borasida “Barselona” bilan dastlabki muzokaralarni olib borgan.

Biroq bunga Grizmanning o‘zi qanday javob berishi noma’lum bo‘lib turibdi. Milan shahri jamoasi Lautaroni 111 million yevrodan kamiga qo‘yib yuborish istagida emas.

Joriy mavsum Martines “Inter” safida 31 o‘yin o‘tkazib, 16 gol va to‘rtta samarali uzatma amalga oshirdi. Grizmann hisobida esa 37 o‘yinda 14 gol va 4 ta golli uzatma bor.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют