» » “Xabbl” teleskopi siz tug‘ilgan kunda nimani kuzatgan? NASA’ning yangi servisi buni bilish imkoniyatini taqdim etadi

“Xabbl” teleskopi siz tug‘ilgan kunda nimani kuzatgan? NASA’ning yangi servisi buni bilish imkoniyatini taqdim etadi


Aeronavtika va kosmik makonni tadqiq etish milliy boshqarmasi (NASA) “Xabbl” teleskopining koinotga uchirilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan o‘z saytida yangi servisni ishga tushirdi.

Foydalanuvchilar o‘zlarining tug‘ilgan kunini belgilab (yoki boshqa istalgan kunni), teleskop o‘sha kuni qayerni kuzatganini bilib olishlari mumkin.

“‘Xabbl’ koinotni kuniga 24 soat, haftasiga yetti kun tinimsiz kuzatadi. Bu esa teleskop har kuni qandaydir kosmik mo‘jizani kuzatgan bo‘lishi mumkinligini anglatadi”, — deyiladi NASA xabarida.

Masalan, 2011-yilning 13-aprel kuni “Xabbl” Abell 2261 galaktikalar to‘planishini suratga olgan.

Suratlarga #Hubble30 xeshtegini belgilab, ijtimoiy tarmoqlarda ham ulashish mumkin.

Mavzuga doir: “Xabbl” koinotdagi g‘aroyib tumanlikni tasvirga oldi

Eslatib o‘tamiz, “Xabbl” teleskopi Yer orbitasiga 1990-yilning 24-aprelida olib chiqilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют