» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1214 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1214 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 15-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 49 kishiga oshib, 1214 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. Avvalroq 14-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1165 taga yetgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 15-mart kuni tasdiqlangan bo‘lsa, o‘tgan vaqt davomida koronavirus yuqtirib olgani aniqlangan to‘rt bemor vafot etdi, 99 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi. Bundan tashqari, xorijda kamida 23 o‘zbekistonlikda koronavirusga chalingan, ularning uch nafari vafot etgan.

Qayd etish joiz, so‘nggi kunlarda O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlarining qayd etilishi sezilarli oshdi. Xususan, 8-aprel kuni 26-kishida, 9-aprel kuni 36 kishida, 10-aprel kuni 87 kishida, 11-aprel kuni 98 kishida, 12-aprel kuni ham 98 kishida, 13-aprel kuni 133 kishida, 14-aprel kuni esa 167 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют