» » Donald Tramp Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatishini ma’lum qildi

Donald Tramp Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatishini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Vashington Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining budjetiga badal to‘lashni to‘xtatishini ma’lum qildi, deb xabar beradi Reuters.

Tramp vaziyat muhokama qilinguniga qadar o‘z administratsiyasiga bu borada tegishli topshiriq bergan. Mamlakat rahbarining ta’kidlashicha, bu kabi qaror JSST o‘zining asosiy vazifasini bajara olmagani va buning uchun javob berishi lozimligi fonida qabul qilingan.

Trampning fikricha, tashkilotning xatti-harakatlari Xitoyning COVID-19 koronavirusi to‘g‘risida dezinformatsiya tarqatishiga olib kelgan, bu esa o‘z navbatida kasallikning yanada keng tarqalishiga sabab bo‘lgan.

Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik soliq to‘lovchilar har yili JSST budjetiga 400-500 million dollar o‘tkazib beradi, Xitoy esa 40 million dollar to‘laydi. “AQSh tashkilotning asosiy homiysi sifatida JSST to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini talab qilishi kerak”, — deydi prezident.

Shuningdek, AQSh prezidenti Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini isloh qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi, bu masala boshqa davlatlar bilan muhokama qilinadi. BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish esa Trampning ushbu qarorini noto‘g‘ri vaqtda qabul qilingan deb baholadi.

Avvalroq Tramp Xitoy va Rossiyaning dezinformatsiyasiga qaramay, AQSh yetakchiligini namoyish etish uchun Italiyaga yordam berishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: AQSh davlat kotibi koronavirus pandemiyasida aybdorlar javobgarlikka tortilishini aytdi

Eslatib o‘tamiz, COVID-19 koronavirus infeksiyasi dastlab Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgandi. Joriy yilning 11-mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni pandemiya deb e’lon qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют