» » AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 600 ming kishidan oshdi

AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 600 ming kishidan oshdi


AQSh hududida COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 600 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

15-aprel Toshkent vaqti bilan soat 9:45 holatiga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 609 407 ta holat qayd etilgan. Virus oqibatida vafot etganlar soni 26 033 kishiga yetgan, 48 mingdan ortiq bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Koronavirus bilan bog‘liq og‘ir vaziyat Nyu-York shtati va shahrida kuzatilmoqda. AQShning ushbu yirik shahrida COVID-19 oqibatida 8 mingga yaqin odam vafot etgan. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Nyu-York qolgan subyektlardan katta farq bilan yetakchilik qilmoqda. AQShda koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Nyu-York shtatidagi to‘rtta subyekt old qatorlarda ketmoqda. Nyu-York shahridan tashqari, Nasso (1001 kishi), Saffolk (608) hamda Uestchester (596) okruglari o‘rin olgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 2 million kishiga yaqinlashib qoldi, qurbonlar soni 125 ming kishidan oshmoqda. Shuningdek, 485 ming kishi davolangan.

Avvalroq AQSh davlat kotibi koronavirus pandemiyasida aybdorlar javobgarlikka tortilishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Nyu-York shahri meri koronavirus bilan kasallanganlar soni kamayganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 55) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют