» » Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 449 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 449 kishiga yetdi


Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 19 ta holat qayd etildi. 15-aprel holatiga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 449 kishiga yetdi. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.

Kasallanish bo‘yicha yangi holatlar Bishkekda — 5, O‘sh shahrida — 12, Novqat tumanida —2 kishida aniqlangan.

Ayni vaqtda kasallarning asosiy qismi O‘sh (130) va Jalolobod (93) viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Issiqko‘l va Botken viloyatlarida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha tegishli ravishda 6 va 5 ta holat aniqlangan. Talas viloyatida esa COVID-19 bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmagan.

Infeksiyani yuqtirib olganlarning 244 nafari ayol bo‘lsa, 205 nafari — erkaklar. Statsionarda 366 nafar fuqaro davolanmoqda, 11 nafarining ahvoli og‘ir, ularning 7 nafari jonlantirish bo‘limida. O‘tgan bir sutka ichida statsionardan COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 7 bemorga javob berilgan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan davolanganlar soni 78 kishiga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda pandemiya sabab 15-aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy etilgan edi. O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 15-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, 1214 kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют