» » “LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani”: Koronavirusga qarshi umumiy kurashda birgamiz

“LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani”: Koronavirusga qarshi umumiy kurashda birgamiz


Koronavirus butun jahonni larzaga keltirib, barcha yangiliklarning asosiy mavzusiga aylandi. Virus infeksiyasi nafaqat insonlarning sog‘lig‘i, balki jahon davlatlarining deyarli hammasida iqtisodiyotning amalda barcha tarmoqlaridagi xo‘jalik subyektlarning faoliyatiga ham 1-darajali tahdid bo‘lib xavf solmoqda.

O‘zbekiston hukumati tomonidan xavfli virus ommaviy tarqalishining oldini olish uchun amalga oshirayotgan chora-tadbirlarini inobatga olib, “LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani” 24-martdan boshlab Toshkent shahridagi o‘z ma’muriy ofisining xodimlarini masofaviy ish rejimiga o‘tkazishni ta’minladi, 100% xodimlarga mobil moslamalardan va kompyuterlardan axborot resurslariga va tizimlariga masofadan kirish imkoniyatini yaratgan holda uyda to‘laqonli ishlash uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etdi.

Bunda mehnat haqini to‘lash o‘zgarmay qolgan, ish haqi to‘liq miqdorida to‘lanadi.

Kompaniya xizmatlarining ishlashini va o‘zaro faoliyatini ta’minlash uchun zamonaviy raqamli texnologiyalar qo‘llanadi. Barcha xodimlar tezkor xabar berish va o‘zaro faoliyat imkoniyatlari, shu jumladan Microsoft Teams orqali guruh chatlari, guruhli audio va videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati bilan ta’minlangan. Masofaviy ish rejimida ishlaydigan foydalanuvchilarning doimiy IT-qo‘llab-quvvatlanishi amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, LUKOYL-O‘zbekiston kompaniyasida epidemiya sharoitida uzluksiz ishlashni ta’minlash bo‘yicha inqirozga qarshi kurashish shtabi yaratilgan, ofis xodimlarining xavfsizligi va ishlab chiqarish obyektlaridagi vaxta ishchilarining izolyatsiyada ishlashi uchun bir qator choralar to‘plami qabul qilingan. Bosh ofisda turli faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha 2-daraja shtabi tuzilgan, uning a’zolari kompaniyaning joriy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun doimo o‘z ish joylarida bo‘lib turadi. Shtab xodimlariga himoya vositalari taqdim etilgan, har kuni ertalab tana harorati o‘lchanadi, ishga borish uchun shaharda harakatlanish uchun xizmat transport vositalari ta’minlab berilgan.

Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridagi ishlab chiqarish obyektlarining vaxtada bo‘lgan xodimlari sog‘lig‘i ustidan kun-u tun tibbiy nazorat o‘rnatilgan. Ishlab chiqarish obyektlaridagi tibbiy punktlarning shifokorlari tomonidan har kuni ishchilarning tana haroratini o‘lchash bajariladi. Barcha ishlab chiqarish obyektlari tibbiy niqoblar va termometrlar bilan ta’minlangan.Mahalliy vaxta ishchilari vaxtaning muddatlari oshirilishini ko‘zda tutgan vaqtincha ish vaqtining jadvaliga o‘tkazilgan. Bunda barcha dispetcherlik xizmatlari o‘z joylarida shtatli rejimda ishlashni davom ettirmoqda.

Toshkent shahrida avtomobillarning harakatlanishi cheklovlari kiritilganiga qaramay, kompaniya tomonidan LUKOYL AYoQShlarining uzluksiz ishlashi ta’minlangan.

LUKOYL COVID-19’ning tarqalishiga qarshi umumiy kurashishdan chetda qolmaydiMasalan, “O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” xayriya fondining hisobraqamiga koronavirusga qarshi kurashish davrida O‘zbekiston hukumatigmoliyaviy ko‘mak ko‘rsatish uchun mablag‘lar o‘tkazilgan.

Bundan tashqari, LUKOYL xayriya yordami doirasida Olot tumanining kam ta’minlangan aholisi, Buxoro ko‘zi ojizlar jamiyatiga, Toshkent shahri Yunusobotumanining Ko‘zi ojizlar jamiyatiga, Ko‘zi ojiz yoshlar markaziga, hamda “Ziyo Nuri” xayriya fondiga moliyaviy yordam ko‘rsatilgan.

“Sog‘lom avlod uchun” fondining Qashqadaryo filialiga ham viloyatning eng chekka tumanlaridagi aholining ijtimoiy kam ta’minlangan qatlamlari uchun himoya vositalari, dori vositalari va dezinfeksiya vositalarini sotib olish uchun pul mablag‘lari ajratilgan.

Ishonamizki, barchamiz respublikada kiritilgan karantin choralariga rioya qilishga ongli yondashib, xavfli virus infeksiyasi tarqalishi xavfini juda tez yengib o‘tishga va jamiyatimizning odatdagi hayot tarziga orziqib kutilayotgan qaytishiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkin.

“LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani” MChJning matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют