» » “O‘zbekistonda karantin may oyida ham davom etishi ehtimoli ancha katta” — Jamshid Qo‘chqorov

“O‘zbekistonda karantin may oyida ham davom etishi ehtimoli ancha katta” — Jamshid Qo‘chqorov


O‘zbekistonda karantin bilan bog‘liq cheklov choralari may oyida ham davom etishi ehtimoli ancha katta. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov 15-aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda aytib o‘tdi.

“Ikkinchi chorak biz uchun o‘ta murakkab bo‘lishi kutilyapti. Ko‘plab mamlakatlar kabi O‘zbekistonda ham karantin bilan bog‘liq cheklovlar asosan aprel oyiga to‘g‘ri kelyapti va may oyida ham davom etishi ehtimoli ancha katta”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari.

Avvalroq, 14-aprel kuni O‘zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlarining muhim yo‘nalishlari va yirik ishlab chiqarish tashkilotlarining faoliyatini davom ettirish, shuningdek, yirik qurilish obyektlarida qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini davom ettirish (boshlash)ga Respublika maxsus komissiyasining hududiy shtablari rahbarlarining qarori (yig‘ilish bayoni)ga muvofiq ruxsat berilishi belgilan edi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют