O‘zbekiston Vengriyaga 500 ming dona himoya niqobi jo‘natdi
O‘zbekiston Vengriyaga 500 ming dona himoya niqobi jo‘natdi. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Vengriyaga 500 ming dona himoya niqobi jo‘natmoqda, niqoblar ortilgan yuk samolyoti seshanba kuni kechqurun yetib keladi”, — deb yozadi Siyyarto.
Siyyartoning so‘zlariga ko‘ra, niqoblar Boku shahriga yetkazilgan bo‘lib, ularni olib kelish uchun Budapeshtdan Bokuga samolyot uchib kelgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston 28-mart kuni Vengriyaga 150 ming dona tibbiy niqob jo‘natgan edi. Niqoblar mamlakatdagi tibbiyot muassasalariga tarqatilgan.
Mavzuga doir: Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti O‘zbekistondagi mahkumlarga insonparvarlik yordamini yubordi
Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash boshlanganidan buyon O‘zbekiston Xitoy, Eron, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarusga nsonparvarlik yordami jo‘natdi. Ozarbayjonga ham insonparvarlik yordami yuborilishi kutilmoqda. O‘z navbatida O‘zbekiston mazkur pandemiyaga qarshi kurashish uchun Xitoy, BAA va AQShdan yordam oldi.
Manba: Daryo.uz