» » O‘zbekistonda karantin qoidalari eng ko‘p buzilayotgan viloyatlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda karantin qoidalari eng ko‘p buzilayotgan viloyatlar ro‘yxati e’lon qilindi


O‘zbekistonda tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 63 882 ta holat aniqlandi.  IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

Avvalroq respublika bo‘ylab karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq  59 921 ta holat aniqlangani xabar berilgan edi, ushbu qoidabuzarliklar soni 1 kunda qariyb 4 000 ga oshgan. Eng ko‘p — 10 922 ta qoidabuzarlik Toshkent shahrida qayd etilgan. Toshkent viloyatida esa bunday holatlar soni 9 288 tani tashkil etmoqda.

Respublika bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklar esa quyidagicha:

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov “Karantin tadbirlariga qanchalik rioya etsak, vaziyatni shunchalik barqaror ushlab qolishimiz mumkin. Aks holda vaziyat murakkablashib, uni jilovlash ancha qiyin kechishini yodingizga solmoqchimiz”, deb aholini yana bir bor karantin qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqirgandi.

SSV vaziri Alisher Shodmonov ham “Hammamiz sabr qilishimiz kerak. Qachonki intizom bo‘lsa, barcha tartib-qoidaga bo‘ysunib, ikki hafta uyimizda o‘tirsak, hammasi o‘tib ketadi. Shunda birinchi navbatda oila a’zolarimizni saqlab qolgan bo‘lamiz”, — deb aytgandi.

Mavzuga doir: “Karantinni qachon bekor qilishni xalqimiz bilan bamaslahat, har tomonlama chuqur o‘ylab, albatta, ko‘rib chiqamiz” — Shavkat Mirziyoyev



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют