» » Fransiyada karantin uzaytirildi. An’anaviy Kann kinofestivalining taqdiri nima bo‘ladi?

Fransiyada karantin uzaytirildi. An’anaviy Kann kinofestivalining taqdiri nima bo‘ladi?


Kann kinofestivali 12-23-may kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo karantin sabab vaqtinchalik qoldirildi. Tashkilotchilar festivalni iyun oxirida boshlanib, iyul oyining o‘rtalariga qadar davom etishini taxmin qilgandi, deb yozadi Harper’s Bazaar.

Ta’kidlanishicha, kinofestival rahbari Terri Fremo festivalning onlayn o‘kazilishiga qarshi. Uning fikricha, Kann’ning o‘ziga xosligi jonli formatda o‘tkazilishida bo‘lib, masofadan turib tomosha qilish filmlarning “qaroqchi” oqimini qo‘zg‘atishga sababchi bo‘ladi.

13-aprel kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron karantinni 11-mayga qadar cho‘zilishini ma’lum qilgan. O‘z nutqida Makron, ommaviy bo‘lgan har qanday bayram va tadbirlarni iyul oyining o‘rtasiga qadar o‘tkazish taqiqlanishini bildirgan.

Avvalroq tashkilotchilar kinofestival vaqtini iyul oxiri yoki avgustga o‘tkazish qiyinchiliklar keltirib chiqarishini ta’kidlagandi. Yozda festival uchun butun dunyodan turistlar tashrif buyurishni boshlaydi. Bunday sharoitda esa film namoyishini o‘tkazish oson bo‘lmaydi.

Festival rahbariyatining ta’kidlashicha, kinonamoyish sanasi hukumat idoralari, shu jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Kann shahar kengashi bilan kelishib belgilanadi. Shu bois Kann festivali bilan nima bo‘lishi tashkilotchilarga ham ma’lum emas.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют