» » Toshkent viloyatida karantin davrida doimiy ishlayotgan dehqon bozorlari ro‘yxati e’lon qilindi

Toshkent viloyatida karantin davrida doimiy ishlayotgan dehqon bozorlari ro‘yxati e’lon qilindi


Ayni kunlarda Toshkent viloyatida 20 ga yaqin doimiy dehqon bozorlari va 10 dan ortiq yirik savdo majmualari muntazam faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, karantin davrida aholiga qulaylik yaratish maqsadida viloyatning barcha shahar, tumanlarida ko‘chma bozorlar ham tashkil etilgan.

Toshkent viloyati IIBB muntazam faoliyat yuritayotgan dehqon bozorlari va savdo nuqtalarini yana bir bor ro‘yxat asosida eslatib o‘tdi.

Qayd etilishicha, “Quyi Chirchiq dehqon bozor”lari muntazam belgilangan vaqt bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lsa, Bekobod, O‘rta Chirchiq, Ohangaron, Qibray, Zangiota va Yangiyo‘l tumanlarida doimiy ko‘chma bozorlar va savdo yarmarkalari tashkil etilgan. Bundan tashqari, yirik savdo majmualari (Makro, Korzinka, super, giper va mini marketlar) va oziq-ovqat do‘konlari ishlab turibdi, ular uchun hozircha hech qanday cheklov yo‘q.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 6-apreldan boshlab tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lganlar bozor va supermarketlarga kiritilmaydi

Toshkent viloyati IIBB fuqarolardan karantin qoidalariga qat’iy amal qilib, zaruriy oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalarni o‘zlari yashab turgan hududdagi eng yaqin bozor yoki savdo majmualari, ko‘chma bozorlar va dorixonalarga har bir oiladan bir a’zo chiqishini so‘radi.

Shuningdek, epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish 11 million 150 ming so‘mgacha miqdorda jarimaga tortilishga, shuningdek, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga sabab bo‘lishini eslatib o‘tdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaganlar soni 60 mingga yaqinlashdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют