» » O‘zbekistonda “bir-ikki kun ichida” shaxsiy avtomobildan foydalanish tartibi yengillashtirilishi mumkin

O‘zbekistonda “bir-ikki kun ichida” shaxsiy avtomobildan foydalanish tartibi yengillashtirilishi mumkin


O‘zbekistonda karantin davrida shaxsiy avtomobildan foydalanish tartibi yengillashtirilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov 15-aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

“Kuni kechadan boshlab O‘zbekiston hududida yuk avtomobillariga bo‘lgan cheklovlar to‘liq olib tashlandi. Demak, hamma tadbirkorlar, korxonalarning bir-biriga yuk yuborish imkoniyati kechagi kundan boshlab to‘liq erkinlashtirildi. Hech qanday muammo yo‘q.

Tadbirkorlarimiz ko‘plab murojaatlar bilan chiqishyapti. Ularning aksariyat mashinalari shaxsiy, shaxsiy mashinaga esa ruxsat yo‘q, faqat tashkilotlarning mashinalariga stiker berilyapti. Shu nuqtai nazardan bu masala bo‘yicha ham bir-ikki kun ichida bosh vazirimiz rahbarligidagi komissiyaning qarori chiqadi, buni ham yengillashtiramiz”, — dedi Jamshid Qo‘chqorov.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda taksi litsenziyasiga ega avtomobillarga “dostavka” uchun stiker talab etilmaydigan bo‘ldi

Avvalroq Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistondagi karantin tartibi may oyida ham davom etishi ehtimoli katta ekanligini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: “O‘zbekistonda karantin may oyida ham davom etishi ehtimoli ancha katta” — Jamshid Qo‘chqorov



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют