» » “Koronavirus chekuvchilar uchun o‘ta xavfli”. Rossiyalik tibbiyot fanlari doktori izohi

“Koronavirus chekuvchilar uchun o‘ta xavfli”. Rossiyalik tibbiyot fanlari doktori izohi


Tibbiyot fanlari doktori, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti yuqumli kasalliklar kafedrasi rahbari Galina Kojevnikova COVID-19 koronavirusining chekuvchi insonlar uchun tamakidan yiroq yuruvchilarga nisbatan xavfliroq ekanligi sababini tushuntirdi.

Olimaning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning o‘tkirlashgan davri alomatlari, ya’ni isitma chiqishi, ishtahaning yo‘qolishi, mushaklardagi og‘riqlar sigaret chekuvchi insonlarda boshqalarga nisbatan ertaroq kechadi. Yakunda ularning nafas yo‘llariga infeksiya tushgani ham yaqqol seziladi.

Mavzuga doir: Fors ko‘rfazi mamlakatlarida koronavirus sababli chilim chekish taqiqlandi

“Shu sababli chekuvchilar kasalxonaga ancha og‘ir ahvolda yetkazilmoqda”, — deya ta’kidlagan Kojevnikova “Zvezda” telekanaliga bergan intervyusida. Kojevnikova ushbu jarayon nafaqat sigaret, balki chilim, vayp chekuvchilarga ham taalluqli ekanini bildirgan.

Mavzuga doir: 

Koronavirus pandemiyasi dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida kuzatilmoqda. JSSTning so‘nggi ma’lumotlari bo‘yicha jahonda 1,8 million nafardan ko‘proq odam COVID-19 bilan kasallangan, 113 ming nafar kishi kasallik oqibatida dunyodan ko‘z yumgan.

Rossiyada 21 102 nafar kishida COVID-19 virusi qayd etilgan, 170 nafar odam infeksiya keltirib chiqargan pnevmoniya oqibatida vafot etgan, 1,7 ming nafar inson esa ushbu xastalikdan tuzalgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют